Andijon viloyatida Probatsiya hisobida turib, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlayotgan 4 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi
Joriy yilning 17 noyabr kuni Andijon shahar, Asaka, Oltinko‘l va Jalaquduq tumanlarida Sayyor sudlar o‘tkazildi. Ushbu tumanlar IIB Probatsiya guruhlari nazoratida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 20 nafar shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Bundan tashqari jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan hamda sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, jazo o‘tash tartibini muntazam buzayotgan 4 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari og‘irroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati