Andijon viloyatida probatsiya hisobida turib jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlayotgan bir guruh shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon shahar, Asaka, Baliqchi va Izboskan tumanlarida sayyor sud majlislari o‘tkazildi. Ushbu tumanlar IIB Probatsiya guruhlari nazoratida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 27 nafar shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan hamda sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, jazo o‘tash tartibini muntazam buzayotgan 6 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari og‘irroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati