Andijon viloyatida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan Probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar jadallik bilan o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 15-sentyabr kuni Andijon hamda Shahrixon tumanlarida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari o‘tkazilib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 20 nafar shaxsga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etildi, yaʼni ular jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar. Shu bilan bir qatorda jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 2 nafar nazoratdagi shaxsning jazolari og‘irroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Shuningdek, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka”lari tashkil etilib, 6 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishga joylashtirilgan bo‘lsa, yana 4 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati