Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi ommaviy sayyor qabulda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan ham fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda
Buloqboshi tumanida bo'lib o'tayotgan sayyor qabullarda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov, IIV huzuridagi tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Jalolov hamda viloyat IIB masʼullari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tyapti. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilmoqda va hal yetish maqsadida tegishli tartibda ro‘yxatga olinmoqda.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabullar davomida 6 nafar yoshlarga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, 2 nafar fuqarolikni olishni orzu qilib kelayotgan shaxslarning niyatlari amalga oshdi. Bugun ularga O‘zbekiston respublikasi fuqaroligi berildi va ID kartalar topshirildi.
Ushbu ID kartalar ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
6 nafar probatsiya hisobida turuvchi shaxslar muddatidan oldin ozod qilindi. Mazkur qabul davomida probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishini so‘rab murojaat qildilar. Mazkur murojaat atroflicha o‘rganib chiqildi va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga taqdimnoma kiritish orqali 6 nafar shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Sayyor qabullar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati