23 May 2022 yil 395

Andijon viloyatida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida keng qamrovli chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda

Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Andijon viloyatida ham “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

Qonunbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan mazkur tadbirda Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, viloyat prokuraturasi, Andijon shahar IIOFMB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

Andijon shahrida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirini oʻtkazishga qaratilgan yoʻriqnomada Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi I.Ismanov hamda Andijon viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi M.Raxmonovlar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya xodimlarining vazifalari qatʼiy belgilab berildi. Chunonchi, davlat va jamoat tashkilotlari, koʻp qavatli uylar va boʻsh turgan inshootlarni koʻzdan kechirish, giyohvandlar, ichkilikbozlar, oilaviy janjalkashlar, muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobga olinganlar bilan suhbatlar oʻtkazish hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarni aniqlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida patrullik yoʻnalishlarida nazorat kuchaytirildi. Shu bilan birga ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi tizimi xodimlari tomonidan haydovchilarning amaldagi meʼyor va tartiblarga rioya qilishlari oʻrganilmoqda. Shuningdek, aholi oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari uyushtirilyapti.

Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech