Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasida xodimlar va jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 10-aprel kungi 185-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida JIED ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida joriy yilning 7-iyul kuni ochiq davra suhbati va trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminar-trening mashg‘ulotlari Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan qiziqarli tarzida tashkil etildi.
Xususan, Muloqotchanlikni shakllantirish uni tashkil etish fuqarolar bilan muloqotga kirishishda muloyimlik va ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lish va ish samaradorlikni oshirishda qo‘l keladigan maslahatlar berib o‘tildi.
Shuningdek, diqqatni jamlash borasida mashg‘ulot va treninglar o‘tkazildi. Xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Bundan tashqari, hibsxonada jazo muddatini o‘tayotgan xo‘jalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar o‘rtasida “Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusida ochiq davra suhbati va trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar yakunida xodimlar va hibsxonada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati