3 Iyun 2023 yil 456

Andijon viloyatidagi “Cyber Week” targ‘ibot tadbirlariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan Andijon viloyati hududida aholini Internet tarmog‘idagi tahdidlardan ogohlantirish, ularni kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolishini oldini olishga qaratilgan “Cyber Week” targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi.

3 iyun kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik F.K.Giyasov, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining masʼul xodimlari ishtirokida 16 ta shahar-tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosarlariga videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda o‘tkaziladigan targ‘ibot haftaligi bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida tadbirlar davomida o‘tkaziladigan tanlovlar bo‘yicha ham maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari uchun masʼullar ishtirokida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, xodimlarga maʼlumotlar berildi. Aholining asosiy qismi viloyat markazi, Andijon shahriga kelib ketishini inobatga olib, shaharda tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech