14 Avgust 2020 yil 712

Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Andijon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda

Andijon tumani IIB boshlig‘i J.Xudoyberdievning tashabbusi bilan tumanning 3-sektor hududidagi Namuna MFYda istiqomat qiluvchi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatiga kiritilgan Akromova Muhabbatxonning oilaviy daromadini oshirish maqsadida Mikrokreditbank ATB Kuygan-yor filialidan tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha 23 million 500 ming so‘m kredit mablag‘i ajratildi.Buning natijasida 7 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Roziqov Zafarjonning yashash xonadonida asalarichilikni kengaytirish maqsadida kredit olish uchun amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati 3-sektor rahbari va  ishchi guruh tomonidan o‘rganilib chiqilib, ushbu fuqaroga Mikrokreditbank ATB Kuygan-yor filialidan 30 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i ajratiladigan bo‘ldi.Hozirgi kunda ushbu kredit mablag‘i hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech