Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Andijon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Andijon tumanidagi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligidagi 3-sektor hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Jasurbek Xudayberdiev ishchi guruh a'zolari bilan Rohat, Chavkandaryo, Yangiobod, Baxt, Orol va Saydilobod MFYlardagi 10 ta ehtiyojmandlarga “Qo‘chqarboy vorislari” fermer xo‘jaligi tomonidan broyler jo‘jalari va “Best agro klaster” MChJ tomonidan quyon tarqatdilar.
-Yoshim 47 da, turmush o‘rtog‘im vafot etgan. Uch nafar farzandlarimni o‘zim voyaga yetkazdim. Ikkita qizimni turmushga uzatdim. O‘g‘lim Abdushukur 18 yoshda. Orol pedagogika kollejini tamomlagach, Andijon shahridagi savdo do‘konida ishlay boshladi. Karantin tufayli ishi to‘xtab qoldi. Shu bois daromadsiz qoldik. Xonadonimizga kirgan ishchi guruh a'zolari uyda o‘tirib daromad topish bo‘yicha tushunchalar berdi. Shunda quyon boqishga qiziqdik.
Menga ma'qul kelgani, “Best agro klaster” MChJ mutaxassisi 6 ta quyon, quyon katagi va ozuqasi bilan birga olib kirib berishdi, - deydi Saydilobod MFYda yashovchi Gulmiraxon Zohidova.
Hozirda bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati