Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Bo‘ston tumanida aholiga bir martalik moddiy yordam pullarining yetkazib berilishi ta'minlanmoqda
Bo‘ston tumani 3-sektorida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi O.Yuldashev hamda tuman IIB rahbariyati boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyul' kungi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Bo‘ston tumani 3-sektor hududidagi Tafakkur MFYda bugungi kunda 507 ta xonadonda 2200 ta fuqaro istiqomat qilmoqda. Ushbu mahallada yashovchi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga kiritilgan 57 ta xonadonning 184 nafar fuqarosiga bir martalik moddiy yordam pullari to‘lov qaydnomasi asosida yetkazib berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati