13 Dekabr 2022 yil 332

Andijon viloyatining Baliqchi, Bo‘ston va Jalaquduq tuman IIB boshliqlari tomonidan probatsiya bo‘linmalari hisobida turgan shaxslarning muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabullar o‘tkazildi  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kungi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyatining Baliqchi, Bo‘ston va Jalaquduq tuman IIB boshliqlari tomonidan qarorda ko‘rsatilgan hamkor tashkilotlarning ustuvor vazifalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazildi. Unda probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarning muammolari hamkor tashlilotlar bilan birgalikda atroflicha o‘rganildi.

Qabul jarayonida hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan “Ishga Marhamat” mehnat yarmarkalari tashkil etilib, nazorat ostidagi shaxslarni bandligini taʼminlash choralari ko‘rildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech