Andijon viloyatining Marhamat, Xo‘jaobod va Shahrixon tumani IIB boshliqlari tomonidan probatsiya bo‘linmalari hisobida turgan shaxslarning muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabullar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kungi «Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi VM-84-son qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyatining Marhamat, Xo‘jaobod va Shahrixon tumani IIB boshliqlari tomonidan qarorda ko‘rsatilgan hamkor tashkilotlarning ustuvor vazifalari bo‘yicha sayyor qabullari o‘tkazildi.
Sayyor qabullar davomida probatsiya bo‘linmalari hisobida turgan shaxslarning muammolari tinglanib, ular tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari, qabul jarayonida hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari tashkil etilib, nazorat ostidagi shaxslarning bandligini taʼminlash choralari ko‘rildi.
Hozirda bu kabi sayyor qabullarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati