5 Avgust 2020 yil 813

Andijon viloyatining Shahrixon tumani 3-sektorida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Shahrixon tumani 3-sektor hududida 8 ming 671 ta xonadonlardagi 12 ming 810 ta oilalarda 46 ming 542 nafar fuqaro istiqomat qiladi.Mahalla faollari va tuman xalq deputatlar tomonidan o‘rganish natijasiga ko‘ra 3-sektor hududidagi 1 ming 97 ta xonadonlardagi 1 ming 241 ta oilalarda yashovchi 5 ming 141 nafar fuqarolar pandemiya davrida  ehtiyojmand deb topilgan.

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 3-sektor xududiga qarashli 14 ta MFYda yashovchi  jami 194 ta oilalarga 40 donada jami 7 ming 760 dona parranda,  10 ta oilaning har biriga 2 donadan jami 20 ta echkilar tarqatildi. Shuningdek, 170 ta oilaga 25 million 637 ming 400 so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari   va yana 38 ta oilaga 171 mln 680 ming so‘m miqdoridagi boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Kambag‘al oilalarni oylik daromadini oshirish va ularni ehtiyojmandlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ham bir qator ijobiy ishlar  amalga oshirilmoqda. Hususan, 3-sektorda 1241 ta kambag‘al oila mavjud  bo‘lib,  ushbu  oilalarda yashovchi 1120 nafar  fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Hozirda aholini  kambag‘allikdan chiqarish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.   

  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech