7 May 2022 yil 1240

Andijonda 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi

2022-yilning 6-may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida uyushgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi.

Xususan, Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S hamda J.M.lardan tashkil topgan jinoiy guruh aʼzolari xolis xaridorga 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech