Andijonda 150 million soʻmga yer sotmoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi
2022-yil 13-iyul kuni Andijon viloyati prokuraturasi Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boʻlimi hamda Andijon viloyati IIB JQB Yer resurslarini talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasi xodimlari tomonidan fuqaro I.M.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon tajriba maydoni MCHJ marketing boʻlimi mutaxassisi vazifasida ishlovchi Q.N oʻzining jinoiy sherigi Andijon tajriba koʻrgazma maydoni MCHJ direktori vazifasida ishlovchi X.A bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Marhamat tumani “Toza havo” nomli sanatoriyasi oldida joylashgan 5,5 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotmoqchi boʻlib, ariza muallifidan oldindan kelishilgan 150 million soʻm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va fuqarolar X.A va Q.N.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati