6 Aprel 2020 yil 1043

Andijonda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma do‘konlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida oshqovoq, pomidor, bodring, baqlajon va boshqa turli xil ko‘chatlar hamda oziq- ovqat mahsulotlari ko‘chma do‘konlar orqali arzon narhlarda fuqarolarga yetkazib berilmoqda.

Xususan, viloyat IIB rahbariyati tashabbusi bilan shu yilning 04 aprel' kuni Andijon tumanidagi Chem, Qum ko‘cha, Do‘stlik, Toshloq, Terak tagi, Mingo‘rik va Qo‘shchinor MFYlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga karantin vaqtida bemaqsad uydan chiqmasliklari, bo‘sh turgan yerlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekishlari bo‘yicha tushuntirish ishlar olib borildi. Aholiga oshqovoq, pomidor, bodring, baqlajon va boshqa turli hil sabzavot ko‘chatlarini ko‘chma do‘konlar orqali arzon narhlarda yetkazib berish tashkil etildi.

Kun davomida yuqoridagi mahallalarda yashovchi aholi vakillariga  shu xududda maxalliy dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan yetishtirilgan jami 8000 tupdan ortiq sabzavot va poliz ekinlarining ko‘chatlari  ko‘chma do‘konlar yordamida arzon narhlarda yetkazib berildi.

Shuningdek, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga haydalmagan yerlarini haydashga, urug‘ va ko‘chat bilan ta'minlashga yaqindan yordam berildi.Arzon narxlardagi ko‘chma savdo dokonlarida aholi uchun  zarur oziq - ovqat mahsulotlarining har bir ko‘chada aylanib yurib  fuqarolarning xonadonlariga yetkazib berilishi barcha uchun birdek qulaylik yaratyapti. Bu kabi ko‘chma savdo do‘konlari ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida viloyatning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

  

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech