15 Fevral 2020 yil 1041

Andijonda avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilgan fuqaroga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Аndijon viloyati, Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi boshligʼi 2020 yil 11 fevralь kuni Аndijon viloyati IIB rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgisida tergov boʼlimi oʼgʼirlik  jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan  fuqaro X.M jarima maydonchasida saqlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 200 АQSh dollari hamda umumiy narhi 4 mln soʼm boʼlgan mayishiy texnika vositalarini pora sifatida berishni taklif qilayotganligini, shu sababli X.M. ga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan. 

Ushbu bildirgi yuzasidan, 2020 yil 11 fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi IIV OʼXB Аndijon viloyati boʼyicha boʼlimi va Departamentning Аndijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʼtkazildi. Oʼtkazilgan tezkor tadbir natijasida, Paxtaobod tumanida yashovchi X.M jarima maydonchasida saqlanib kelayotgan «Damas» rusumli  avtomashinasini chiqarib berish evaziga 200 АQSh dollari hamda 1 dona “Kara” rusumli laminator, 1 dona “Epson” rusumli printer va 1 dona “Beng” rusumli monitorni IIB xodimga pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani prokuraturasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 211-moddasi  1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, X.M.ga nisbatan shu kunining oʼzida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech