11 Mart 2022 yil 1900

“Andijonda bloger Feruzxon bog‘cha opani “shantaj” qilib 350 $ ni olayotganda qo‘lga tushib qopti! Bloger qamag‘da, bog‘cha opa esa xursandmish” mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan

Joriy yilning 9-mart kuni fuqaro X.S huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yilda Andijon shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasida ishlab kelayotgan vaqtida telegramm guruhi orqali xodimlariga topshiriq bergan ovozli xabarlarini fuqaro N.F tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan 200 AQSH dollari talab qilib olganligini va yana qo‘shimcha 150 AQSH dollari talab qilib kelayotganligini maʼlum qilgan.

Murojaatga asosan Andijon viloyati IIB  hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.F ariza muallifi X.S.dan tovlamachilik  yo‘li bilan talab qilingan 150 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro N.F. qonuniy tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech