Andijonda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan 711 million so‘mga yaqin bo‘lgan tovarlar to‘xtatib qolindi
Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida “Andijon-Toshkent” avtomagistralining Bo‘ston tumani hududida harakatlanib ketayotgan, fuqaro U.R hamda S.A lar boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi tekshirilganda, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan umumiy narxi 710 million 920 ming so‘m bo‘lgan 49 turdagi jami 3 534 dona ayollar kiyimlari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati