Andijonda eng faol «Fidokor yoshlar patrul guruhi aʼzosi» koʻrik-tanlovining mintaqaviy Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son Qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining
2022-yil 30-apreldagi 22 QQ va 01-07/18 sonli qoʻshma qarorlariga muvofiq, Andijon shahrida eng faol “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi aʼzosi koʻrik-tanlovning respublika (yakuniy) bosqichi tashkil etildi. Unda Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan eng faol fidokor yoshlari turnikga tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish hamda insho yozish shartlari boʻyicha gʻoliblik uchun bellashdilar.
Koʻrik tanlovning yakuniga koʻra 1-oʻrinni Fargʻona viloyatidan Aliyev Ravshanbek Gʻulomjon oʻgʻli, 2-oʻrinni Andijon viloyatidan Ilyosov Kamronbek Ilyosbek oʻgʻli hamda 3-oʻrinni Namangan viloyatidan Abduvaxobov Muhammadali Abduvali oʻgʻli egalladilar
Yakunda gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati