5 Fevral 2022 yil 457

Andijonda “Firibgarlik jinoyatini oldini olish oyligi” profilaktik tadbirining birinchi bosqichi boshlandi

Joriy yilning 12-yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i tomonidan Andijon viloyatida 2022-yilda to‘rt bosqichli “Firibgarlik jinoyatini oldini olish oyligi” profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi 2-sonli Farmoyishi imzolandi. Farmoyish ijrosi yuzasidan 2022-yilning 1-fevral kunidan buyon viloyat miqyosida keng qamrovli profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari boshlandi.

O‘tgan davrda 696 ta mahalla, 37 ta taʼlim muassasalari, 145 ta korxona va tashkilotlar hamda 80 ta bozorlarda 958 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Firibgarlik jinoyati sodir etishga moyil 461 nafar ilgari sudlangan, 175 nafar probatsiya hisobida turgan hamda 743 nafar profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlar amalga oshirildi.

O‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida, ilgari sudlangan shaxslarning 262 nafari, probatsiya hisobidagi mahkumlarning 166 nafari va profilaktik hisobda turgan 460 nafar shaxslar rasman ogohlantirildi. Tadbir davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech