6 May 2022 yil 456

Andijonda firibgarlik va pora berishga dalolat qilish holati aniqlandi. Pora olmoqchi bo‘lgan shaxs dalillar bilan qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIBga Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro M.A ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida Xonobod shahridagiXontog‘” dam olish maskanida sheriklari “S” va “X” ismli shaxslar bilan mast xolda o‘zaro janjallashganligi sababli Xonobod shahar IIB profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim etilganligini, janjalda ishtirok etgan sherigi “S” ismli shaxs mazkur holatni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudida ishlovchi tanishi orqali hal qilib berishi evaziga jami 1 500 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilayotganligini bildirgan hamda fuqaro “S” va uning tanishiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 3 aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.S Xonobod shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchalaridan birida ariza muallifi M.A dan 1 500 000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech