10 Fevral 2022 yil 594

Andijonda fuqaroning yonidan “marixuana” giyohvandlik moddasi aniqlandi

2022-yil 7-fevral kuni soat 14:00larda Qo‘rg‘ontepa tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida o‘zini shubhali tutgan fuqaro U.S.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining chap cho‘ntagida og‘irligi 17,65 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech