Andijonda giyohvandlik moddalarini saqlash bilan bogʻliq bir nechta holat aniqlandi
“Qoradori 2022” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida Baliqchi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1970-yilda tugʻilgan, Baliqchi tumanida yashab kelayotgan erkak fuqaro A.Aning yashash xonadoni hamda yordamchi xoʻjaliklari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadonidagi pechka ichida va tovush katak shiferi orasida 23,4 gramm “Marixuana” giyohvandlik oʻsimligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Ulugʻnor tumanida oʻtkazilayotgan “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Ulugʻnor tumani IIB JQB, hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan joriy yilning 20-avgust kuni soat 13:30larda Ulugʻnor tumanida yashovchi 1981-yilda tugʻilgan erkak fuqaro U.Xning yashash xonadoni tomorqa qismi koʻzdan kechirilganida, tomorqasining 1 kv metr maydonidan jami 1 tup marixuana giyohvandlik moddasi parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan Ulugʻnor tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Huddi shunday yana bir holatda esa joriy yilning 20-avgust kuni soat 14-00larda “Qoradori-2022” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Shahrixon tumani IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan oʻtkazilgan tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi 1974-yilda tugʻilgan erkak A.Aning yashash uyida quritilgan holda sariq matoga solingan 6.54 gramm koʻknori oʻsimligining boshogʻi va barglari parchalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi hamda 2 nafar xolislar ishtirokida bayonnoma tuzilib, kelgusida tekshirib koʻrishlik uchun Shahrixon tumani IIBga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati