10 Dekabr 2022 yil 445

Andijonda huquq-tartibot organlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirilgan   pirotexnika vositalari aniqlandi

Joriy yilning 9-dekabr kuni Andijon viloyati IIB, Bojxona boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro Yu.B  boshqaruvidagi oq rangli “COBALT” rusumli avtotransport vositasi Shahrixon tumani “Cho‘jaMFY hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan vaqtda, avtomashina salonida O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirilgan 2 ming 880 ta qutida “BRITANIK” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Natijada umumiy qiymati 20 million 116 ming 800 so‘mlik bo‘lgan pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida olinib,  hozirda mazkur holat yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech