Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 1 milliard 236 million so‘mlik kiyim-kechaklarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, viloyat IIB JXX YHXB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, oldindan tezkor kuzatuvga olingan “Andijon-Toshkent” avtomagistralida harakatlanib ketayotgan fuqaro M.A.ga tegishli bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport yuk xonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati milliard 236 million so‘mlik 36 xil turdagi 65 ming 786 dona ayollar kiyim-kechaklari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati