Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targ‘ibot qilinmoqda
Joriy yilning 28 noyabr kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida karantin talablariga qat'iy rioya qilingan holda o‘tkazilgan "Ma'naviyat va ma'rifat darsi"da Tashkiliy boshqarma Yuridik ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targ‘ibot qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 oktyabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati shaxsiy tarkib e'tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 5 noyabrdagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni bilan "Qurol to‘g‘risida"gi Qonunning 3 va 9-moddalariga, Jinoyat kodeksining 104 va 105 moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda "Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks" 1852 va 1853-moddalari bilan to‘ldirilganligi haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati