Andijonda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targ‘ibot qilinmoqda
Joriy yilning 3-iyun kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan "Maʼnaviyat va maʼrifat darsi"da Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Q.B.No‘monov tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targ‘ibot qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-10-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi"ning mazmun-mohiyati va ahamiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-apreldagi "Maʼmuriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3321-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida"gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 11-apreldagi "Ichki ishlar organlarda xizmat safarlarini tashkil etish to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi 191-sonli buyrug‘i haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati