Andijonda ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi
Muqaddam uch marotaba sudlangan, 1975-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.G. (ayol), Andijon shahar, 3-kichik daha hududida vaqtincha yashab, moddiy manfaat evaziga ushbu xonadonda erkak va ayol tanishlarini jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi hududiy ichki ishlar organlari profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, uning ushbu qilmishi rasmiylashtirilgan. Fuqaro M.G sodir etgan qilmishiga qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSH dollari taklif etgan. Biroq, profilaktika inspektori fuqaroning pora berishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi to‘g‘risida bir necha marotaba tushuntirsada, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.
2023-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizligi bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.G. ishini ijobiy hal qilib berish evaziga profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSH dollarini bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha, Departamentining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaro M.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati