5 Sentyabr 2022 yil 366

Andijonda “IIO xodimlarida muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda ularning masʼuliyatini yana-da oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 8-martdagi 66-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash, Ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat samaradorligi va sog‘lom ruhiy muhitni barqarorligini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan xodimlar ishtirokidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarida muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda ularning masʼuliyatini yana-da oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening davomida Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi JXX, YHXB, Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati - jamoat tartibini saqlash boshqarmasidan 22 nafar xodimlar ishtirok etdi. Seminar-treningda fuqarolar va xodimlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolar interfaol tarzda qatnashchilarga tushuntirildi. Shuningdek, xodimlarning psixologik-xususiyatlari tekshiruvdan o‘tkazildi va xodimlarning yetakchilik, boshqaruvchanlik hamda tashkilotchilik qobiliyatlari yuzasidan tavsiyaviy xulosalar taqdim etildi.

Xodimlarni bir-biriga ishonchi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida alohida treninglar tashkillashtirildi. Xodimlarni ruhiy holatini o‘rganish davomida yakka tartibida suhbat o‘tkazildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech