4 Oktyabr 2022 yil 381

Andijonda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xodimlari tomonidan “Isuzu” rusumli avtobus negizida barpo etilgan “Ko‘p funksiyali mobil markazi”dan foydalangan holda sayyor o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti quyi tizimlaridagi shaxsiy tarkibining xizmat vazifalaridan ajralmagan holda kasbiy tayyorgarligini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xodimlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadida “ISUZU” rusumli avtobusi negizida “Ko‘p funksiyali mobil markazi” barpo etildi.

Ko‘p funksiyali mobil markazida fuqarolar uchun alohida vatanparvarlik ruhidagi videofilmlar namoyish qilish, yoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazish, elektron kutubxona, fuqarolik ID pasporti va haydovchilik guvohnomasini almashtirish imkoniyati yaratilgan.

Xodimlarning jangovar tayyorgarligini yaxshilashga ko‘maklashuvchi virtual simulyatsion komplekslarini joriy etish bo‘yicha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kerakli dasturiy taʼminotlar yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Sayyor lazerli elektron tir texnologiyasini joriy etib, jangovar otish effektini bera oladigan qurilmalardan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Xodimlarni maxsus vositalarini qo‘llash bo‘yicha  amaliy mashg‘ulot o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratildi. Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha multimedia qurilmalari bilan dars mashg‘ulotlari o‘tkazish tizimi joriy etildi. Ularning bilim saviyasini baholash uchun test sinovlarini qabul qilish bo‘yicha dasturiy taʼminoti ishlab chiqildi.

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Andijon viloyati Xonobod va Qo‘rg‘ontepa tumanlari IIBlari Jamoat xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibi bilan ichki ishlar bo‘limlari saf maydonida mutaxassislar ishtirokida qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarda jami 191 nafar, shundan Patrul-post xizmati 20 nafar, Konvoy xizmatidan 10 nafar nafar, probatsiya 10 nafar huquqbuzarliklar profilaktikasi 129 nafar, jinoyat qidiruv 10 nafar va tergov 12 nafar xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotlarida quyidagi mavzularda darslar tashkil etildi. Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, xizmat qurolini va maxsus vositalarini texnik-taktik tavsifi, foydalanish qoidalari va xavfsizlik choralari, elektron tir majmuasida amaliy o‘q otish amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish, OAV va blogerlar bilan munosabatga kirishganda harakatlanish tartiblari bo‘yicha videoroliklar namoyish qilindi.

Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning amaliyotga tatbiq etilishi xodimlarning kasbiy tayyorgarligini, bilim saviyasi va tajribasini oshirishga, xodim o‘zini turli tajovuzlardan ishonchli himoya qilishi hamda nostandart vaziyatlarda tezkor to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi.

Qisqa muddatli o‘quv yig‘inlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech