21 Iyul 2022 yil 611

Andijonda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilib kelayotgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan viloyatimiz hududida ijtimoiy siyosiy va kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash maqsadida olingan tezkor maʼlumotga asosan, Andijon davlat universiteti 3-bosqich talabasi M.Oga tegishli boʻlgan “Instagram” tarmogʻidagi profili xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, «publikatsiy» sahifasiga nomaʼlum shaxslar tomonidan aytilgan ekstremistik gʻoyalar bilan yoʻgʻirilgan, diniy mazmundagi maʼruzalarni va nashidalarni joylab kelganligi, bundan tashqari, fuqaro M.Oga tegishli boʻlgan telefon apparatining ichki xotirasida terroristik tashkilotlar gʻoyalarini targʻib qiluvchi diniy mazmundagi maʼruzalarni saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Oga nisbatan Andijon shahar IIOFMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2442-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech