Andijonda isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni sotilishini oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Andijon viloyati hududida isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilishi va muomalaga kiritilishini oldini olish maqsadida tuzilgan ishchi guruh faoliyat ko‘rsatmoqda.
"Qurbon Hayit" bayrami munosabati bilan Andijon viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi, viloyat SEO va JSX, veterinariya boshqarmasi, DSI hamda hokimiyat vakillari hamkorligida shahar-tumanlarda shu sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda reyd va o‘rganishlar olib borildi.
Shuningdek, jarayon masjidlar atrofi va dehqon bozorlarida ham davom ettirilib, tadbirkorlarga isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni sotilishini oldini olish yuzasidan tushunchalar berilib, profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati