23 Mart 2020 yil 951

Andijonda jamoat va shaxsiy transport vositalari hamda yo‘nalishsiz taksilarni dezinfeksiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda tegishli idorlar bilan hamkorlikda karantin qoidalariga rioya etish borasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarda ishchi-xizmatchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar bilan bir qatorda jamoat va shaxsiy transport vositalari hamda yo‘nalishsiz taksilarni dezinfeksiyadan o‘tkazish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda yo‘l-patrul' inspektorlari tomonidan avtomashina xaydovchilari hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining doimiy ravishda himoya niqoblaridan foydalanishlari shartligi to‘g‘risida ogohlantirilyapti.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech