Andijonda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, Probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan 6 oy davomida olib borilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, Probatsiya hisobiga olingan nazorat ostidagi shaxslar bilan olib borilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Probatsiya hisobiga olingan nazorat ostidagi shaxslarni bandligini taʼminlash, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqali ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni muammolarini o‘rganish va ularga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy baho berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati