Andijonda koʻp miqdordagi kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini olib ketayotgan fuqaro qoʻlga olindi
Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida, Xoʻjaobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Shahrixon tumanida yashovchi erkak fuqaro I.I boshqaruvida boʻlgan, oq rangli, “Nexia-3” rusumli avtomashina Xoʻjaobod tumani hududida joylashgan avtomobil bozori yaqinida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, avtomashina orqa oʻrindigʻida boʻlgan qopda 560 dona “Regapen” va 759 dona “Tropikamid” nomli jami qiymati 55 000 000 soʻmni tashkil qilgan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati