27 Iyul 2022 yil 515

Andijonda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIB JQB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar davomida xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon tumanida yashovchi muqaddam sudlangan, noqonuniy dori sotish bilan shug‘ullanuvchi Yu.Sh Andijon tumani hududida o‘zini shubhali tutgani uchun yoni ko‘zdan kechirilganida qo‘lidagi sumkasida 560 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, yashash uyi ko‘zdan kechirilganida 2240 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlayotgani aniqlangan.

Tadbir davomida jami 2800 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech