Andijonda kuchli tasir etuvchi dori vositalari oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi fuqarolar qoʻlga olindi
Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Andijon shahrida yashovchi erkak fuqaro X.S oʻzida shubha uygʻotgani sababli boshqaruvida boʻlgan, qora rangli, “Nexia-3” rusumli avtomashinasi Andijon shahri koʻchalarining birida koʻzdan kechirilganida avtomashinada jinoiy sheriklari , ayol fuqarolar Andijon tumani fuqarosi Yu.D hamda Andijon shahar fuqarosi X.Olar birga ekanliklari, avtomashina old yoʻlovchi oʻrindigʻi ostida, qora rangli poliyetilen paketga oʻralgan, 100 dona «Tropikamid» nomli va 16 dona konvalyutada jami 224 dona «Regapen» nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
Bundan tashqari avtomashina orqa oʻrindigʻida ayol fuqaro Yu.Dga tegishli boʻlgan ayollar sumkachasi ichida 3100 AQSH dollari va 4 750 000 soʻm miqdoridagi pullar borligi aniqlangan.
Hozirda, ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati