15 Fevral 2023 yil 374

Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdogarlari ushlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1988 Y.T. shaxs 220 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, boshqa bir holatda esa Qorasuv shahrida yashovchi, 1990 Y.T. shaxs o‘zining “Jentra” rusumli avtomashinasida “Andijon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada mazkur fuqaro 158 dona “Tropikamid” va 55 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida Toshkent shahriga olib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech