Andijonda "Mening mahallamda kiberjinoyat bo‘lmaydi" shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 20-22 noyabr kunlari Andijon viloyatining Baliqchi, Oltinko‘l, Asaka, Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlarida profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan "Mening mahallamda kiberjinoyat bo‘lmaydi" shiori ostida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda o‘qituvchilar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va boshqa aholi vakillari uchun seminar-trening shaklida so‘nggi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyat usullari va tarqalayotgan yolg‘on xabarlar to‘g‘risida tushunchalar berilib, ogohlikka chaqirildi.
Targ‘ibot davomida fuqarolarga @cyber102uz_bot orqali rasmiy kanallarga obuna bo‘lib, ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy kuzatib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
bu kabi profilaktik targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati