Andijonda mustaqillik bayrami arafasida ichki ishlar hamda milliy gvardya xodimlari uchun zamonaviy uylar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida har yili respublikamizning barcha hududlarida, xususan, Andijon viloyatida ham bir nechtadan ko‘p qavatli turar joylar qurib bitkazilib tantanali ravishda topshirilmoqda.
Andijon shahrining Hamkorlik MFY xududida har biri 30 xonadondan iborat 3 ta besh qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu Vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligi kuni arafasida soha xodimlari uchun ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Mazkur munosabat bilan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari, ularning oila a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uyushtirilgan tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimi , viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbarlari so‘zga chiqdi.
Unda mamlakatimizda el osoyishtaligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, huquq-tartibot organlari tizimida kechayotgan yangilanishlar jarayoni to‘g‘risida fikr yuritdilar.
Shuningdek, davlatimizning mazkur soha vakillariga qilayotgan e'tibori, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, jumladan, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash borasidagi g‘amxo‘rliklari xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.Andijon shahrida uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida 108 ta oilaga mo‘ljallangan ikki, uch xonali turar joylarning qurilgani ham buning yaqqol amaliy ifodasi bo‘ldi.
Marosimda xonadon egalariga uy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
– Albatta, juda xursandmiz, – deydi IIB xodimi Durdona Qodirova – uch xonali narxi arzonlashtirilgan uyimizda oshxona, bolalar xonasi va mehmonxonagacha zarur mebel', gaz komforkasi va boshqa inventarlar bilan jihozlangan. – Bunday g‘amxo‘rlik va qulaylik uchun davlatimizga, Prezidentimizga katta rahmat!
Albatta bu kabi yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan xodimlarning oilalarida xotirjamlik, ishlarida esa unum va samara bo‘lishi shubhasiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati