29 May 2020 yil 943

Andijonda “Nasha” giyohvand moddasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

2020 yil 25 may kuni soat 11:30 lar chamasida Andijon viloyati IIB JQB va Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari  bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida fuqaro I.U tumanning “Ittifoq” MFYda sof og‘irligi 5,1 gramm bo‘lgan “Nasha” giyohvand moddasini  xolis haridorga 50.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomidaboshqa bir fuqaro I.B.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida sotish maqsadida sellofan paketga solib tayyorlab qo‘yilgan 22,5 gramm “Marixuana” giyohvand moddasi aniqlandi va ushbu daliliy ashyolar bayonnoma bilan rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan fuqarolar I.U va I.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech