23 Noyabr 2021 yil 438

Andijonda “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi Andijon viloyati bo‘limida  markaz va viloyat IIB bilan hamkorlikda profilaktika inspektorlari uchun “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar qatnashchilari Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazining Odam savdosiga qarshi kurashishdagi faoliyati, markazning yuksak vazifasi va maqsadi, olib borayotgan ishlari bilan tanishdilar. O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi  qurashishdagi huqukiy normativ hujjatlar,  odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin kilinganlarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish tartibi muhokama etildi. Keyslar asosida amaliy mashqlar o‘tkazildi. Seminar trening davomida odam savdosiga oid videoroliklar namoyish etildi.  

“Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi va profilaktika inspektorlari o‘rtasidagi  hamkorlikni mustahkamlash borasida takliflar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech