21 Aprel 2022 yil 513

"Andijonda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan kaltaklandi" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan kaltaklandi" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Maʼlum bo‘lishicha, Shahrixon tuman IIB navbatchilik qismiga joriy yilning 19 aprel kuni soat 15:30 larda tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori S.I. qo‘ng‘iroq qilib, Shahrixon tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan, 64-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 10-sinf o‘quvchisi I.A.ni shu maktab o‘qituvchisi 1987-yilda tug‘ilgan O‘.K. tomonidan urib tan jarohati yetkazilganligini maʼlum qilgan.  

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda voyaga yetmagan I.A.ning olgan tan jarohatlarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tarix fani o‘qituvchisi O‘.K va o‘quvchi I.A ning yaqin qarindoshlari va sinfdoshlaridan tushuntirish xatlari olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech