25 Avgust 2020 yil 722

Andijonda o‘tgan 7 oy davomida fuqarolar tomonidan 387 ta o‘tkir tig‘li jismlar bemaqsad olib yurilganligi aniqlandi

Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizlikni ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida  bir qator  amaliy ishlar olib borilyapti.

Xususan,  shu yilning o‘tgan 7 oyi davomida fuqarolardan jami 387 ta  o‘tkir tig‘li predmetlar olinib, inson sog‘ligi va hayoti uchun xavfli bo‘lgan sovuq qurollarni yonida bemaqsad olib yurganliklari aniqlangan. Ushbu olingan tig‘li  jismlar  tegishliligi jihatdan hududiy ichki ishlar bo‘limlariga yuborilib, mahalliy hokimiyat, diniy idora vakillari hamda  keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan.

Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahrining ko‘cha va jamoat joylarida fuqarolar o‘rtasida tig‘li predmetlar orqali tan jarohati yetkazilishining oldini olish maqsadida o‘tgan vaqt oralig‘ida 300 dan ortiq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, Andijon shahrining “Yangi shahar” va “Eski shahar” hududlarida hamda “Jahon buyum bozori”da fuqarolar bilan 128 marotaba profilaktik suhbatlar va ogohlantirish tadbirlari olib borildi. Hozirda bu boradagi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech