25 Yanvar 2022 yil
495
Andijonda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida "Matiz" yukxonasida “Bita” borligi aniqlandi
Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 24 yanvar kuni YPX inspektori X.Meliyev tomonidan “Matiz” rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda uning yukxonasidan jinoyat quroli sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan “Bita” tayoqchasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati