Andijonda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.D.Islamov hamda Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonovlar ishtirokida 2022-yil 3-iyun kuni oʻtkazilgan qoʻshma sayyor yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hamda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi jami 277 nafar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan probatsiya hisobidagi shaxslarning ushbu cheklovlarga rioya etishlarini tekshirish boʻyicha «avtoreyd» tadbirlari oʻtkazilib, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, tadbirlar davomida mazkur cheklovlarga amal qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 46-moddasi 4-qismi talablari asosida tayinlangan MHMQ jazosi ogʻirroq jazo turiga yaʼni, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazosiga almashtirishi boʻyicha “Rasmiy ogohlantirish” xatlari olinib qatʼiy chora-tadbirlar belgilanib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati