27 Aprel 2022 yil 375

Andijonda profilaktika inspektorlari hamda tergovchilarning bilim saviyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan barcha shahar-tuman IIBlari huzuridagi tergov bo‘lim, bo‘linma va guruhlari tergovchilari va hududiy profilaktika inspektorlarining bilim saviyasini yanada mustahkamlash borasida navbatdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi.

Shunga asosan 27-aprel kuni Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB hamda Andijon tumani IIBning tergovchilari va hududiy profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, profilaktika inspektorlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, ishni “soatbay” tashkil qilish, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida "xonadonbay" va "fuqarobay" usulda ish tashkil qilish, shuningdek, jinoyat muhokamalarini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik I.Ismanov hamda HPB boshlig‘i podpolkovnik X.Abduraxmonovlar tomonidan  o‘quv-mashg‘ulotlari olib borildi.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan  jinoyat ishlarini tergov qilishda protsessual tartibga rioya qilish, tergov harakatlarini o‘tkazish metodlari, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar, ayblanuvchini harakatlarini malakalash, xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha ham atroflicha tushunchalar berildi.

Bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi shahar-tumanlarda davom ettirilmoqda

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech