15 Aprel 2022 yil 379

Andijonda Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib, keyin O‘zbekistonga ko‘chirib berish evaziga 7000 AQSH dollari talab qilgan firibgar qo‘lga olindi  

Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.R.ning arizasiga asosan Andijon IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir korrupsion holatning oldi olindi.

Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro M.U ariza muallifidan uning dugonasining o‘g‘li va kelinini Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetining “Pedagogika” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib, so‘ng ularning o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishda o‘zining  yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yordam berishini aytib, buning evaziga jami  talab qilingan 7000 AQSH dollaridan 2000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech