20 Iyul 2022 yil 847

Andijonda qoʻshmachilik bilan shugʻullanib kelgan ayol qoʻlga olindi

Andijon viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 18-iyul kuni Andijon shahar hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Andijon shahrida yashovchi fuqaro ayol P.Z yashash xonadonida Izboskan tumani fuqarosi ayol G.G hamda Andijon shahrida yashovchi ayol A.Rlarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab, xolis mijozdan oldindan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 (olti yuz ming) soʻm pullar evaziga mijoz bilan jinsiy aloqa qilishi uchun yashash xonadonida barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi.

Fuqaro P.Zdan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 (olti yuz ming) soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech